
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik engilmas bokschi Shohjahon Ergashevning Moskvada avtoxalokatga uchragani va shifoxonada yotgani borasida xabarlar tarqaldi. Ergashevning ma’muri SPORTS.uz saytiga ma’lum qilishicha, Shohjahon 29 iyun kuni tug‘ilgan kun tadbirida bo‘lgan va shundan buyon bokschi bilan aloqaga chiqmaganligini aytdi, avtohalokat borasida hech nima bilmasligini aytdi.
• O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Turg‘unboev bir necha oy avval transfer mashmashasi bois 9 iyulgacha futboldan chetlatilgan va uning "Navbahor" va "Paxtakor" bilan imzolagan shartnomasi bekor qilingandi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Azizbek Turg‘unboev diskvalifikatsiya muddati tugaganidan so‘ng "Navbahor"ga qaytmoqchi.
• "Chelsi" klubi sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi. 32 yoshli nigeriyalik futbolchi "Trabzonspor" klubi bilan shartnoma imzoladi. U yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan.
• PFL bir necha uchrashuvlar yakuniga ko‘ra sariq kartochkalari soni to‘rttaga etgan va navbatdagi tur o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi lozim bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra "Qizilqum"dan 3, "Navbahor"dan 2, "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912"dan bir nafardan futbolchi diskvalifikatsiyaga uchradi.
• Superliga birinchi davra o‘yinlari yakunlandi. Mavsumning yarmidan so‘ng klublarimiz nechtadan gol urganliklariga e’tibor qaratamiz. Unda "Paxtakor" barchadan ustunlikka erishgan bo‘lsa, "Buxoro"da buning aksini ko‘rishimiz mumkin.
• Odatda "Navbahor"ning uy o‘yinlariga chiptalarning eng arzoni 15 ming so‘mdan sotilardi. Endi bu gal chiptaning narxi tushganini ko‘rdik. O‘zbekiston Liga kubogi “Navbahor” – “Mash’al” uchrashuvi chiptalarining narxi 10 ming so‘mdan sotilmoqda. Balki bu Superliga emas, Liga kubogi bo‘lgani uchun chiptalar narxi kamaytirilgandir.
• “Chelsi” klubi o‘zining rasmiy saytida 5 nafar futbolchining jamoadan ketganini e’lon qildi. Unga ko‘ra darvozabonlar Robert Grin va Eduardu, himoyachi Gari Keyxill va yarim himoyachi Kayl Skott shartnoma muddati yakunlangani bois jamoadan ketgan bo‘lsa, ijara olingan Gonsalu Iguain yana “Yuventus”ga qaytarib yuborildi.
• So‘nggi paytlarda muxlislar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda "Navbahor" jamoasi ahil emasligi hamda mahalliy va legioner futbolchilar o‘rtasida bo‘linish bor ekanligi iddao qilingan ushbu xabarlar haqiqatga mos emas, deya xabar qilgan Azim Ahmedov klub rasmiy saytiga.
Fikrlar