
Kecha "Barselona" tanishtirgan futbolchi 3 yil oldin "Kamp Nou"da oddiy muhlis edi (Foto)
Frenki De Yong - rasman "Barselona" futbolchisi. U "Ayaks"dan 75 mln evro evaziga ko‘chib o‘tdi. Uni "Kamp Nou"da tanishtirishdi. Kataloniyaliklarning kvadrat shakldagi yangi libosini ham kiydi, hattoki ispan tilida dastlabki so‘zlarini aytdi: "Barchaga salom! Mana men shu erdaman. Mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman". Yosh iqtidorni taqdimot marosimiga 20 ming muxlis keldi.
U bilan birga uning qiz o‘rtog‘i Mikki Kimeni ham tashrif buyurdi va Frenki haqida birmuncha qiziq voqealarni aytib berdi. Masalan, bir necha yil avval birgalikda "Kamp Nou"ga kelishganini: "3 yil oldin biz "Kamp Nou"ga kelgandik, sabab orzuimizdagi jamoani stadiondan qo‘llab turish edi. Mana biz yana shu erdamiz, orzularimiz bilan yashayapmiz".
Mikki o‘zining instagram sahifasida shunday post qoldirdi: "20 ming inson seni qo‘llash uchun keldi va barcha seni ismingni aytib olqishladi. Ushbu onlarda men bir yil oldin ta’tilda bo‘lganimizni esladim. Sen o‘shanda jarohat olganding va shunday deganding: "Mening maqsadim "Ayaks" yarim himoyachisi bo‘lish va Gollandiya termasidan chaqiruv olish". Ana endi o‘zinga bir qara sen barchasiga erishding. Biz g‘oliblar jamoasimiz. Mumkin bo‘lmagan narsani qilishga harakat qil".
De Yong bilan birgalikda nafaqat qiz o‘rtog‘i, balki butun oilasi tashrif buyurdi.
"Men barcha oilamni taqdimot marosimi uchun "Barselona"ga olib bordim. Faqatgina mening bobom kelmadi, sababi mening 21 yoshimda u vafot etdi (Hozir Frenki 22 yoshda, tug‘ilgan kun sanasi 12 may). Bobom buni ko‘ra olmagani menga alamli. Mening raqamim uning xotirasi uchundir".
Gollandiyalik futbolchi "Barsa"da 21-raqamni oldi. Frenki va Mikkining hozirgi rejasi Kataloniyadan uy sotib olish. Qizning aytishicha, uy ko‘rishga ham ulgurishdi, ammo hali sotib olishmadi.
Fikrlar