
Kazemironi “Yunayted”ga o‘tishga kim ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi
“Real” yulduzi Kazemironing “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tgani “Manchester Yunayted”ning eng katta transferlaridan bo‘ldi.
The Athletic nashri braziliyalik yulduzni “Real”dek qudratli jamoadan o‘zini tiklay olmayotgan “Yunayted”ga o‘tishga kim ko‘ndirganini aniqladi.
Manbaning ta’kidlashicha, bu transferda avval Kazemiro bilan birga madridliklar sharafini himoya qilgan frantsiyalik himoyachi Rafael Varan muhim rol o‘ynagan.
Varan deyarli har kuni Kazemiro bilan gaplashib, uni Manchesterga kelishga chorlagan. “Manchester Yunayted” mutasaddilari tarkibda Varan, Kazemiro va Ronaldu kabi o‘yinchilarning borligi jamoani Chempionlar ligasiga qaytirishiga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar