
Kazemiroga Frantsiya va Saudiyadan takliflar bor!
Kazemiro qishki transferlar oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga PSJ va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" va "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, PSJ Kazemironi mavsumning ikkinchi qismida jamoani kuchaytirish varianti sifatida ko‘rmoqda. 31 yoshli xavbekning nimaga qodirligini parijliklar yaxshi bilishadi.
2023/2024-yilgi mavsumda janubiy amerikalik “Manchester Yunayted” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar