Kaysedo "Liverpul" vakillariga: "Men faqat "Chelsi"ga o‘tishni istayman!"

  • 11 avgust, 2023, 17:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" futbolchisi Moyzes Kaysedo faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin edi. "Qizillar" futbolchi uchun 110 million funt sterling to‘lashga tayyor turgandi. 

Tecno

Biroq Kaysedo "Liverpul" vakillariga faqat "Chelsi" safida o‘ynashni istayotganini ma’lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, "Brayton" ham mersisaydliklar bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shunga qaramay, yarim himoyachining gaplaridan so‘ng Moyzesning "Liverpul"ga o‘tishi yana so‘roq ostida qolmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va "Chelsi" APL 1-turida bir-biriga qarshi maydonga chiqadi. Bahs 13 avgust kuni 20:30 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!