Karvaxal “Oltin to‘p” uchun asosiy nomzod kim ekanligini aytdi

  • 24 iyun, 2022, 20:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi himoyachisi Dani Karvaxal jamoadoshi Karim Benzema haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchining fikricha, frantsiyalik hujumchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

Tecno

“Men Karimning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga shubha qilayotgan odamni uchratmadim. Sovrin uchun qolgan barcha da’vogarlar Benzemadan ancha orqada. U mavsumni ajoyib o‘tkazdi va “Real”ning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi”, – deya Karvaxalning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Ma’lumot o‘rnida, Benzema boshchiligida madridliklar o‘tgan mavsum Ispaniya chempionligi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdi. Hujumchi barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 gol va 15 golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!