Karrager: "Ishlashda davom et Garet"

  • 15 iyul, 2024, 20:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jeymi Karragerning fikricha, Garet Sautgeyt kechagi Evro finalidan keyin ham Angliya terma jamoasida qolishi kerak.

Tecno

Ingliz futboli og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng yana bir yangi davrga duch kelmoqda. Ammo Angliya futbol uyushmasi unga bitta messej aytishi kerak: “Ishlashda davom et Garet”. Sautgeyt terma jamoani 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash uchun kam sonli sifatli murabbiylardan biri bo‘lib qolmoqda. Uni Evro 2024 finalida Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatga yagona aybdor sifatida ko‘rmaslik kerak.

U mamlakatni ketma-ket ikkinchi bor Evro finaliga olib chiqdi. To‘g‘ri u erda kuchliroq jamoadan haqli ravishda mag‘lubiyatga uchradi. Biroq, uning tarkib tanlashi yoki o‘yin davomida chiqargan qarorlari uchrashuvda hal qiluvchi rol o‘ynamadi. Men avval ham aytganimdek, Sautgeyt turnirda qanday natija qayd etishidan murabbiylik postida qolishi kerak. 87-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol esa hech narsani o‘zgartirmaydi.

Men aytamanki, hamma omadsizlik futbolchilarning o‘zini ko‘rsata olmagani bilan bog‘liq. O‘yinda ularga shunchaki jasorat etishmadi. Angliya yulduzlari o‘z joylarida qotib qolishdi va muhtasham Ispaniyaga qarshi o‘zlarini deyarli ko‘rsata olmadilar. Finalda mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqib o‘ynadik, Ispaniya esa xuddi guruh bosqichidagidek o‘ynadi.  Bu o‘yin final ekanligini xisobga olsak, Ispaniya uchun turnirdagi eng qiyin o‘yin shu bo‘lishi kerak edi. Biroq, bunday bo‘lmadi.

Bularning bari mentalitetga xos bo‘lgan tarixiy muammo bilan bog‘liq deb ishonaman. Eng muhim o‘yinlarda kuchliroq jamoalar bilan to‘qnash kelishda xarakterimiz bilan bog‘liq muammolar bo‘y ko‘rsataveradi. Biz katta turnirlarda hech qachon dunyoni hayratda qoldira olmaganmiz. Biz favoritlarni mag‘lub etolmaymiz va autsayder rolini qabul qilishga tayyormiz. Men Angliya terma jamoasini o‘yinlarini tomosha qilgan yoki o‘ynagan 30 yilim davomida shunday bo‘lgan. Shunda ham bu faqat Sautgeytning muammosi deysizmi? Bular 58 yil davomida kuzatilgan muammolarning oqibatlari. Shunday ekan, Evro 2024 dagi omadsizlik murabbiyning yondashuvidan kelib chiqaniga qo‘shilmayman. Barcha mas’uliyatni uning zimmasiga yuklash juda oson. Bu Sautgeyt qo‘l ostidagi birinchi katta turnir emas. Demak, hammasi futbolchilarga bog‘liq deb o‘ylayman.

Butun turnir davomida bo‘lgani kabi, Sautgeyt o‘z tarkibini eng yaxshi futbolchilardan tanladi. Sautgeyt o‘yinchilarning finalda bunchalik passiv va o‘zlariga ishonchsiz bo‘lishlarini va butun turnir davomida umidsizlikka tushishlarini oldindan bilmasdi. Yulduzli futbolchilar Angliya g‘alaba qozonish uchun ancha yaxshi o‘ynashlari kerak edi. Sautgeyt o‘zgarishlar qilganda, ular ishladi. Shu munosabat bilan u o‘zining eng yaxshi turnirini o‘tkazdi. Sautgeyt davri tugaganiga ishonadiganlar, uning o‘rnini egallashni xohlaydigan yoki bu lavozimga ko‘proq mos keladigan odam borligiga ishonch hosil qila olmaydi xattoki.

Albatta, o‘zgarishlar kerak. Angliya Evro-2024 saralashida Xarri Keyn atrofida o‘z o‘yinini qurdi va Bellingem va Foden atrofida qurilgan jamoa sifatida turnirni yakunladi. Sautgeyt evro o‘yinlari boshlanishidan oldin o‘z tarkibini qayta qurishni boshladi, yosh futbolchilarni jalb qildi va oldingi o‘yinlarda muvozanat bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Bellingem va Fodenni asosiy tarkibda saqlab qolishga qaror qildi. Chunki bu futbolchilar Angliyaning kelajagini ifodalaydi. 2026 yilga kelib ular yanada etuk va mahoratli futbolchilarga aylanadi. Nega Sautgeyt o‘z iqtidoridan foydalanib, jamoa ishonchini oqlash uchun ko‘p mehnat qilganini hisobga olsak, kelgan boshqa birovga o‘z iqtidoridan foydalanishiga yo‘l qo‘yishi kerak? Bu meni tashvishga solayotgan muammoning asosiy jihati. Sautgeytning plyus tarafi eng muhim futbolchilarga yoqadi. Ular uning uchun o‘ynashni yaxshi ko‘radilar. Nima uchun vaziyatni beqarorlashtirish kerak?!

Sakkiz yil ichida ikki marta finalga va bir marta yarim finalga chiqqan Sautgeyt o‘z kelajagini terma jamoada davom ettirishi kerak. Aniq rejalar va konkret nomzod murabbiy bo‘lmasa, menimcha, uning hali Angliya milliy terma jamoasidagi tugallanmagan ishi bor”, - deb fikrini yakunlaydi sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!