
Karpin: Rossiya va O‘zbekiston saviya jihatdan tengdir
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoasining hozirgi saviyasi haqida gapirdi.
“Biz O‘zbekiston va Tojikistondan kuchli emasmiz, ularning saviyasi biz bilan teng. Masalan, men Malta va Kipr haqida ham shunday degan edim. Biz kuchliroq ham, kuchsiz ham emasmiz. Ushbu jamoalar bizdan kam o‘yin ko‘rsatmaydi deb o‘ylayman", - dedi Karpin.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 17 noyabr kuni Valeriy Karpin shogirdlari Dushanbeda Tojikistonga, 20 noyabr kuni esa Toshkentda O‘zbekistonga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, sanktsiyalar ostida Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin.
Fikrlar