
Karpin O‘zbekistonga qarshi yana bir o‘yin o‘tkazishga tayyor
“Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi.
Rossiyaliklar bosh murabbiyi Valeriy Karpin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan yana bir bor kuch sinashib ko‘rishga qarshi emasligini ma’lum qildi.
- Men O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan yana uchrashuv tashkil etilishi tarafdoriman. Lekin bu masala Rossiya futbol ittifoqi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyatiga bog‘liq, - dedi Valeriy Karpin.
Rossiya milliy terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi. Tojikiston va O‘zbekiston futbolchilari bilan bo‘lgan har ikki bahsda ham hisob ochilmadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa, dastlabki o‘rtoq o‘yinida Qozog‘iston futbolchilari ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi va rossiyalik bilan durangga erishdi.
Fikrlar