Kapadzening "hiyla"si, ichki raqobat va to‘liq bajarilmagan missiya! O‘zbekiston Qatarni yanchib tashlagan o‘yinni 3-qismda tahlil qilamiz

  • 5 iyun, 2022, 01:14
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Juda og‘ir o‘tishi taxmin qilingan bahs, kutilmaganda, hamyurtlarimizning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Pley-off masalasini hal etgan U23 jamoamiz endi erkinroq harakat qilishi mumkin. Xo‘sh, qaysi aspektlardagi ustunlik evaziga Qatar darvozasiga javobsiz 6 gol kiritdik? Kapadze Nikolas Kordovani qay tariqa "mot qildi?" O‘zbek futboli tarixidan muqim o‘rin egallashi aniq bo‘lgan bahsni tahlil qilamiz!

Tecno

O‘yinni ko‘rib chiqar ekanmiz, soddaroq va tushunarli bo‘lishi uchun uni 3 qismga bo‘lamiz. Bu 90 daqiqa qanday o‘tganini kichikroq matnda tushuntirib berish (mening ko‘zim bilan qaraganda, albatta) osonroq kechadi.

O‘yinga tanlagan reja o‘zini 101 foiz oqladi

fweokfowekfoew

Temur Kapadze bellashuv avvalida ancha keskin qaror qabul qildi. U 4-3-3 ning eng hujumkor variantini tanladi. Hojimat Erkinov va Ulug‘bek Hoshimovga qanot himoyachilariga bosim o‘tkazishni yuklab, Norchaevni klassik 9-raqam sifatida o‘yinga tashladi. Oldingi chiziqqa qilinayotgan bosim ortida, aslida, Jasur Jaloliddinovga kattaroq hudud ochib berish maqsad qilingan edi. Norchaev-Erkinov-Hoshimov triosi o‘zi bilan 4 himoyachini band qilgan paytda, Jaloliddinov hujum markazida bo‘sh "zona"ga chiqib borishga muvaffaq bo‘ldi.

birinchi gol Jasur bemalol

Bu narsa birinchi golda katta naf keltirdi. E’tibor bering, Qatar himoyachilari bor diqqatini maydondagi nominal hujumchilarga qaratmoqda. Jasur esa deyarli maydon markazida to‘pni egallab, bemalol jarima maydonchasigacha kelib zarba yo‘lladi. U23 jamoamiz ustozi Qatarning Eron bilan o‘yinini yaxshi o‘rgangani birgina shu "fishka"da yaqqol ko‘zga tashlandi.

jas ortada 3 hujumchi 4 ta himoyachini bosim qivoti

Hisobni ochgach, futbolchilarimiz yanada kengroq joylashib olgan holda, maydon markazini to‘liq egallab oldi. Mehmonlar imkon qadar o‘z o‘yinini (mayda paslar orqali O‘zbekiston U23ni to‘psiz qoldirish) targ‘ib qilishga urindi, ammo ilk 15 daqiqada buning uddasidan chiqa olmadi. Shu bois, ular ijrosida yuqoridan tashlab berilgan uzatmalarga guvoh bo‘ldik. Sezgan bo‘lsangiz, himoyachilarimiz bunga tayyor edi. Shuning uchun ham longbollarning birortasi manzilga aniq etib borgani yo‘q. Hujum chizig‘idagi kuchli bosim esa Qatarni markazda o‘zini erkin his qilishga imkon qoldirmadi. Kiritilgan uchinchi golda ham aynan shu omil birinchi planga ko‘tarildi. Hojimat Erkinov raqibni xato qilishga majbur qildi. Ikkinchi gol shunchaki ijrochi mahorati evaziga sodir bo‘lgan bo‘lsa, 3-golda butun jamoa ishladi.

Erta pressing Qatarni "ishdan chiqardi"

5 ta futbolchi oldinga tashlanvoti

Temur Kapadze shogirdlari Qatar  bilan o‘yinning ikkinchi bo‘limida biroz tempni tushirishi va raqibni erta kutib olishni to‘xtatishini barcha taxmin qilgani aniq. Hatto, Qatar ustozi Kordova ham shundan umid qilib, markazni oldinroqqa surdi. Kapadze esa, ikkinchi bo‘limda ham jamoasini maydonda qayta joylashtirib, chekinayotgan raqibni shu jangni o‘zida yanchib tashlashga buyruq berdi. Hujumdagi 3 forvard bilan birgalikdka tayanch zonasidagi Ibragimov-Bo‘riev tandemi ham oldinroqqa siljib, raqibni o‘z jarima maydonchasi ichida kutib olishni boshladi. Dastlabki 45 daqiqalikda 3-4 futbolchi bosimiga duch kelgan mehmonlar, ikkinchi taymda 6-7 futbolchimiz tazyiqi ostida qoldi. Kiritilgan 4-gol ham aynan Temur Tohirovichning tavakkaldan qo‘rqmasligi samarasi edi. E’tibor qarating, Norchaev to‘pni olib qo‘ygan epizodda deyarli barcha futbolchilarimiz raqibni personal qo‘riqlayotgandi.

Gol kiritilgan vaziyat pressing Norchayev

Bu Qatar himoyachisining texnik xatosi bilan birgalikda, yigitlarimizning jamoaviy mehnati samarasi hamdir. 3:0 ga qadar Qatar futbolchilari "sinib" qolmadi, biroq 4-goldan keyin ular qo‘llarini tushirib yubordi. Natijada, qanot futbolchilari kengroq joylashib, raqibni yanada ortga chekinishga majburladi. Tayanch zonasida to‘p tepgan Ibrohim Ibragimov va Abdurauf Bo‘riev o‘z hududida biror marotaba raqibni qo‘yib yuborgani yo‘q. Boz ustiga, kerak pallada hujum "zona"sigacha yaqinlashib, pressingda ishtirok etdi. Ekranda ko‘rinmaganiga qaramay, ularning qilgan mehnati g‘alabaning 50 foizini ta’minladi. Shuningdek, markaziy hujumchi sifatida to‘p tepgan Husayn Norchaevni ham alohida e’tirof etish lozim. U bahsning asosiy qismida pressing nayzasining uchi sifatida oxirigacha mehnat qildi. Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashlarda faol bo‘ldi.

So‘nggi 20 daqiqa

Temur Kapadze qo‘l ostidagi "Olimpik" jamoasi bugungi Olimpiya terma jamoamizning chinakam fundamenti bo‘lib berayotgani e’tiborga molik. Avvallari, bu yoshdagi jamoalarimizda 3-4 etakchi bo‘lar, qolganlar ularga suyanib harakat qilardi. Hozir, "Olimpik" klubidagi yigitlar istalgan paytda asosiy planga ko‘tarilishga tayyor. Ibrohim Ibragimovni Abubakr Rizo Turdaliev, Norchaevni Alisher Odilov, Hoshimovni Jiyanov istalgan o‘yinda katta talofatsiz almashtirishi mumkin. Aynan shu ustunlik ikkinchi bo‘limning so‘nggi 25 daqiqasida bizga yana gollar taqdim etdi. Superliganing boshqa jamoalarida harakat qilayotgan tengdoshlaridan kam emasligini isbotlash maqsadida o‘yinga qo‘shilgan "Olimpikchilar" tempni tushirib yubormadi. Deyarli teng kuchli ikkita tarkibga ega Kapadze esa, rotatsiya qilish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu omil qisqa fursatda ichida bo‘lib o‘tadigan bu kabi turnirlarda "svejiyroq" bo‘lishni ta’minlaydi. Soddaroq qilib aytganda, U23 jamoamiz har 3 kunda maydonga chiqsa ham, bemalol 90 daqiqa yuqori pressingga suyanib futbol o‘ynashi mumkin. Jismoniy xolat bunga to‘liq javob beradi.

Xulosa o‘rinida

p4l3щpl4щlp4pщl

Yaxshi o‘yin va ajoyib g‘alaba. Shunga qaramay, bu jamoamizning missiyasi to‘liq bajarildi, degani emas. Oldimizda Qarshida bo‘lib o‘tadigan Eronga qarshi o‘yin bor. "Nasaf"ning "Markaziy" arenasidagi 90 daqiqa Toshkentdagi bahsdan keskin farq qilishi aniq. Asossan jismoniy tayyorgarlik evaziga kichik epizodlarda g‘alaba qozonishga o‘rgangan forslarni kombinatsion futbol bilan "sindirib" tashlash mushkul. Xayriyat, biz guruhda birinchi o‘rinni olib bo‘ldik. Aks holda, bosim ortib ketishi mumkin edi. Qatarga qarshi uchrashuv bugungi yigitlarning 65-70 foiz potentsialini ko‘rsatdi, xolos. Ularning imkoniyatiga Avstraliya yoki Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelganidagina baho berishimiz mumkin. Hozircha, Qatar ustidan qozonilgan g‘alabani bayram qilib turamiz. Qolganini pley-offdagi o‘yinlardan keyin yozsak, adolatdan bo‘ladi. Voqealar rivojini SPORTS.uz'da kuzating!

Yahyoxo‘ja ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
05/06/2022 14:28
Зур тахлил Бир уйинда Узбекистон таркибида иккита кучли Бир бирини урнини боса олАдиган таркибни биринчи куришим 5 уйинчи алмашса хам хеч нарса булмагандек уйин давом этяпди жисмоний куч -фитнес, гимнастик, акробатик машклар, Шарк якка кураши ......... машгулотлари , акилли уйин Билан хам кушимча талаблар куйиб куп машклар ни шугуллантираетган тренер ердамчиларига ,коллектив га тасанно. Араблар,Корес ва Японлар 90 йилдан биз Билан уйнаганда оеги титраганини курганмиз уша давр матчларини эслатди .Бош тренер га гап йук. Болалар кузида ва оекларида олов Яшин чакнаяпди. Футболистларимизни уйинга стабил Бир хил тонусда ушлаб туришида еш организмни чарчаган холатни уз вактда топиб уйнатишларида ишларига омад.
Жабборов Ахмаджон
05/06/2022 14:04
Давомли бўлсин