Kapadze shogirdlari Parij Olimpiadasi yo‘lida qaysi jamoalar bilan to‘qnash keladi?

  • 5 sentabr, 2023, 15:32
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 6 – 12 sentyabr kunlari Osiyo qit’asida Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Xo‘sh, bu musobaqa formati qanday? Guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar final bosqichiga o‘tadimi? Osiyo chempionatida qaysi o‘rinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Parij Olimpiadasi uchun yo‘llanma beradi? Shu va boshqa ko‘plab savollarga batafsil javob berib o‘tamiz.

Tecno

Saralash bosqichi.

OFK mintaqasidagi 43 jamoa 11 guruhga bo‘lingan xolda, Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun kurash olib boradi.  Guruhlar quyidagicha ko‘rinish olgan

guruhlar-u23-2

guruhlar-u23-1

Timur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi “E” guruhidan o‘rin egallagan bo‘lib, barcha o‘yinlarini Toshkentda bo‘ladi. Ya’ni, o‘yinlar butun Osiyo bo‘ylab markazlashgan xolda o‘tkaziladi. Har bir guruhda bir jamoa mezbonlik qiladi. Saralash bosqichi Parij Olimpiadasi sari ilk sinov sanaladi. Murabbiy saralash o‘yinlari uchun quyidagi kengaytirilgan (Yakunda 23 futbolchi tanlab olinadi) tarkibni e’lon qildi:

923123

Kapadze shogirdlari juda zich taqvimda 3 ta o‘yin o‘tkazadi. Avvaliga, qo‘shni – Afg‘oniston bilan kuch sinashsak, 2 turda Gonkong bilan to‘qnash kelamiz. Hal qiluvchi 3-turda Eron bilan o‘yin jamoamizni kutib turibdi. Bahslarning qaysi arenada o‘tkazilishi va vaqtlari quyidagi rasmda to‘liq e’lon qilingan.

u23-reglament-s

Musobaqa formatiga ko‘ra, ushbu saralash bosqichidan o‘z guruhlaridan birinchi o‘rinni egallagan 11 jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqadi. Shuningdek, 4 ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin egasi ham Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Butun Osiyo mintaqasida o‘yinlar 6-12 sentyabr sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati

layflщay

Yaqindagina mundialni a’lo darajada qabul qilgan mamlakat 2024-yilning 15 aprel – 3 may sanalarida butun Osiyo qit’asini e’tiborini tortadi. Aynan shu kunlar oralig‘ida “Al Bayt”, “Lusail”, “Al Rayan” va “Al Tumam” arenalarda navbatdagi 23 yoshga qadar bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga bo‘lgan e’tibor katta. Sababi, turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 3 jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Parij Olimpiadasi ishtirokchisiga aylanadi. Musobaqa g‘olibi, vitse chempion va uchinchi o‘rin uchun bo‘lgan o‘yin g‘olibi haqida so‘z borayotganini darrov tushundingiz.Turnirda 4-o‘rinni olgan jamoa esa, Afrika qit’asining 4 o‘rindagi jamoasi bilan to‘qnash keladi.

AFrkadagi 4 jamoa

Huddi Osiyo singari, ularga ham 3,5 ta yo‘llanma taqdim etilgan. Afrika qit’asida o‘tkazilgan musobaqada Marokash finalda Misrni 2:1 hisobida taslim etgan xolda chempion bo‘lgan bo‘lsa,uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Mali yoshlari Gvineya ustidan g‘alaba qozongan. Osiyo qit’asida 4 o‘rinni olgan jamoa hal qiluvchi o‘yinni Gvineya U23 jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Katta yo‘l yoqasidagi jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тўлқин Хайит
06/09/2023 11:01
Фақат биринчи ўрин бошқаси бизни қониқтирмас экан.
&
Тўлқин Хайит
06/09/2023 11:01
Фақат биринчи ўрин бошқаси бизни қониқтирмас экан.