Kante Belgiyadan yangi klub sotib oldi

  • 29 iyun, 2023, 16:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Londonning "Chelsi" klubidan Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubiga ko‘chib o‘tgan futbolchi Ngolo Kante Belgiyaning "Virton" klubini sotib oldi. Bitim yopilgani haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

Rasman Kante iyul oyining birinchi kunida "Virton" egasiga aylanadi. Yaqin orada klubda yangi direktorlar kengashi tuziladi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Kantening o‘zi yaqinda "Chelsi"da etti yil o‘ynadi. Frantsiyalik xavbek endi Saudiya Arabistonida "kontsert beradi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!