"Kanelo" jangdan so‘ng, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashish barobarida keyingi raqibi kim bo‘lishiga sha’ma qildi

  • 3 noyabr, 2019, 12:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Barchangizga rahmat. Men zaldagi barcha tomoshabinlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu faoliyatimdagi navbatdagi qadam, bu o‘ziga hos tarixim. Muxlislarimdan faqat sabr-toqatli bo‘lishlarini so‘ragan bo‘lardim. Chunki “Kanelo” o‘z tarixni yaratmoqda. Men bunga va’da beraman.

Tecno

Jangga moslashish uchun menga besh-olti raund kerakligini bilardik. Sergeyga hurmatim juda yuqori, u ajoyib bokschi. Lekin biz jang rejasini bajara oldik. Jang kechikish bilan boshlangan bo‘lsada, bu bizga ta’sir qilmadi. Muvaffaqiyatga erisha oldik.

72,5 yoki 74,8 kg vaznga qaytishni rejalashtirmoqdaman. To‘g‘ri, hozir dam olishim kerak. Keling, bundan keyin qanday imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Biz eng yaxshi variantni tanlaymiz. Katta janglarni xohlayman. Meksikaga ko‘proq g‘alabalar taqdim etmoqchiman.

Golovkin? Avval ham aytgan edim. Bu menga qiyin bo‘lmaydi. Men uni 24 raundda mag‘lub etdim. Agar, moliyaviy tomondan yaxshi taklif bo‘lsa, nega bu jang bo‘lmasligi kerak? ”- dedi Saul Alvares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!