
"Kanelo" Golovkin bilan uchinchi jangga rozi bo‘lishi mumkin. Faqat...?
O‘rta vaznda WBA chempioni Saul Alvarec Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jang bo‘lishi mumkinligini tan oldi
"Agar Golovkin yana men bilan jang qilmoqchi bo‘lsa, uning tarafdorlari menga juda arziydigan narsani taklif qilishlari kerak.
Keyin uchinchi jang bo‘lishi mumkin. U bilan yana ringga ko‘tarilish men uchun muammo emas”, - dedi Alvares.
Eslatib o‘tamiz: 2 noyabr kuni Las-Vegasda “Kanelo” yarimog‘ir vazn toifasida WBO chempioni Sergey Kovalyovga qarshi jang o‘tkazadi.
Fikrlar