Kanchelskisga tahdid qilishdi. Undan "Navbahor"dan undirilishi kerak bo‘lgan pulni kamaytirish talab etilgan!

  • 1 dekabr, 2021, 14:53
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘lim tahdidi tufayli politsiyaga murojaat qildi, deya xabar bermoqda "Championat.com" sayti "Telegram"dagi  "Mutko prav" kanaliga tayanib.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, 22 noyabr kuni kechki ovqat paytida "Oazis" kafesida bir necha noma’lum shaxslar tomonidan Kanchelskisga tahdid bo‘lgan. Ular "Navbahor"dan talab qilinayotgan jarima summasi kamaytirilishini talab qilgan. FIFA qaroriga ko‘ra, namanganliklar rossiyalik mutaxassisga 1,6 million evro to‘lashi lozim.

Andreyga 80 ming evroga rozi bo‘lish taklif qilingan va agar bunga rad javobini bersa, nogiron qilishlarini aytishgan. Kenchelskis ular bilan murosa qilmagan va politsiyaga xabar bergan. Hozirda, tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.

52 yoshli murabbiy "Navbahor"dan 2020 yilning oktyabr oyida bo‘shatilgan edi. Bunga maoshdagi qarzdorlik masalasi sabab bo‘lgani aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/12/2021 19:30
1,6 млн еврони янада ошириб шилиб олиш керак!