Kanchelskis: Ular terma jamoaga futbolchi olish uchun pul undirgan!

  • 18 oktabr, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Andrey Kanchelskis sobiq Ittifoq terma jamoasi bosh murabbiyi Anatoliy Bishovets va Rossiya terma jamoasi sobiq ustozi Stanislav Cherchesov haqida keskin gaplarni aytdi.

Tecno

Andrey Kanchelskis jurnalist Gennadiy Orlovga bergan intervyusida terma jamoa murabbiylari o‘yinchilardan pul undirgan holatlar bo‘lganini ochiq aytdi.

- Bunaqa vaziyat bilan to‘qnash kelganmanmi? To‘g‘risini aytsam, ha. Bunaqa sobiq Ittifoq futbolida ham bo‘lgan. Bishovets shu ishga qo‘l urgan. Cherchesov ham shunday qilganiga aminman, agentlar unga pul to‘lagan. Hamma murabbiy ham shu ishni qilgan deyolmayman, lekin bu gapda haqiqat bor, - deydi Andrey Kanchelskis

Anatoliy Bishovets 1990-1992 yillar, keyinchalik 1998 yilda terma jamoani boshqargan. Stanislav Cherchesov esa 2016 yildan 2021 yilning yarmigacha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!