
Kamondan otish. Vakillarimiz Osiyo kubogida sovrindor bo‘ldi
Ayni kunlarda BAAning Sharja shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo kubogi bosqichi yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz miks dasturida shohsupaga ko‘tarilishdi. Bu haqda Milli Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi dastlab Iroqni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Hamyurtlarimiz chorak finalda tarkibi turli bo‘lsada, mazkur yo‘nalishda Tokio-2020 Olimpiadasida g‘alaba qozongan Koreya Respublikadan 6:2 hisobida ustun kelishdi. Biroq yarim finalda Xitoy Taipeyi vakillariga 4:5 hisobida imkoniyat boy berildi. Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa Bangladesh 5:3 hisobida mag‘lub etildi.
Fikrlar