
"Kalyari" "Inter"ga o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi. Shomurodov 85-daqiqada maydonga tushdi
A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Inter" bahsi mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 21-daqiqada Dyumfris jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tar o‘tmas Martines hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. O‘yinning 85-daqiqasida Shomurodov maydonga tushirildi.
Shu tariqa, milnliklar turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi, "Kalyari" esa 15-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar