Kafu JCh-2022 ning rasmiy elchisi bo‘ldi

  • 22 iyun, 2019, 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik afsonaviy himoyachi Kafu JCh-2022 ning rasmiy elchisi bo‘ldi. Bu haqda mundial tashkilotchilari rasmiy saytida e’lon qilindi.

Tecno

E’lon qilish marosimi Kafuning ona shahri – San-Pauluda o‘tkazildi. Ushbu marosimda Xavi va Samyuel Eto'o kabi yaqin o‘tmishning yulduz futbolchilari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, Kafu Braziliya terma jamoasi safida 2 marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, bir marta kumush medalga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 o‘yinlari 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarning 7ta shahridagi 8ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!