
K Liga. Tursunovning jamoasi mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 3-tur o‘yinlari yakuniga etdi. Hamyurtimiz Doston Tursunov faoliyat olib boradigan "Pusan Ay Park" jamoasi safarda "Ulsan Xyonde" bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Tursunov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 44-daqiqada olgan jarohati natijasida zaxiraga olindi. Qayd etish joiz, bugungi bahsda qo‘lga kiritilgan ochko "Pusan Ay Park" uchun mavsumdagi dastlabkisi bo‘ldi va jamoa turnir jadvalida 12 klub orasida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar