
K Liga. Bugun yana ikki hamyurtimiz ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi
Koreya K Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Pusan Ay Park" jamoasi safarda "Poxang Stilers" bilan kuch sinashadi. Ushba bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da boshlanadi.
Ikrom Aliboev to‘p tepadigan "Seul" esa "Kanvon" mehmoni bo‘ladi. Har ikkala uchrashuvning onlayn translyatsiyasini o‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida saytimiz orqali havola etamiz.
K Liga. 1-tur
10:00 "Poxang Stilers" - "Pusan Ay Park"
12:30 "Kanvon" - "Seul"
Fikrlar