
Jon Jons va Adesanya o‘rtasida jang bo‘lishi mumkin
UFC prezidenti Dana Uayt o‘rta vazn toifasi chempioni Isroil Adesanya va yarimog‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons o‘rtasidagi jang tashkil etilishi mumkinligini aytib o‘tdi.
"Adesanya ushbu jangga yaqinlashmoqda! Agarda Romeroni mag‘lub eta olsa, keyingi raqibi Kosta bo‘ladi.
U Paulo Kostani ham engsa, Jonsga qarshi jangni tashkillashtirishdan ma’no topsa bo‘ladi.
Pauloga qarshi jangni qabul qilib, uni mag‘lub etsin va Jons bilan muzokaraga kirishsin!
Ammo men o‘ylashimcha, Adesanya o‘z pozitsiyasida qolgani yaxshi va birin-ketin raqiblarini dog‘da qoldirgani ma’qulroq," - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni Las-Vegasda Isroil Adesanya va Yoel Romero qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar