
Joau Felishning kelajagi aniq bo‘ld
Joau Felishning "Atletiko"dan "Chelsi"ga o‘tishi borasida to‘liq kelishib olindi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klublar 23 yoshli futbolchining 11 million evro evaziga ijaraga berish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. "Aristokratlar" portugaliyalikning ijara davridagi maoshini to‘liq to‘laydi. Bu summa 5,3 million funt sterling.
Ketishdan oldin Felish "Atletiko" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytiradi. Yaqin bir necha soat ichida Joau tibbiy ko‘rikdan o‘tish va kerakli hujjatlarni imzolash uchun Londonga uchib ketishi kutilmoqda.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda madridliklar safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar