
Joau Feliks "Chelsi"ga transferi haqida gapirdi
Portugaliyalik hujumchi Joau Feliks "Chelsi"ga transferi haqida fikr bildirdi.
London klubi 23 yoshli futbolchini "Atletiko"dan mavsum so‘nggiga qadar 11 million evroga ijaraga oldi.
"Chelsi" dunyodagi eng buyuk klublardan biri va men ularga o‘z maqsadlariga erishishda yordam beraman, deb umid qilaman. Shuning uchun men bu erda ekanligimdan juda ham mamnunman. "Stemford Bridj"da o‘ynashimdan xursandman", - dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" ayni damda 18-turdan so‘ng turnir jadvalida 25 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar