
Jezussiz "Arsenal"ga qiyin bo‘ladi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Gabriel Jezus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, Gabi JChning Kamerunga qarshi bahsida tizzasidan jarohat olgan edi va shifokorlar qo‘ygan tashxisga ko‘ra mart oyigacha maydonga qaytmasligi mumkin. "Kanonirlar" ustozi mazkur holatning tarkibga qanday ta’sir o‘tkazishi haqida gapirdi.
"Hozir Jezusning holatiga to‘xtaladigan vaqt emas. Aniq bilamanki, tizzadagi jarohat ustida uzoq muddat ishlashga to‘g‘ri keladi. Barchasi tibbiy muolajaadan so‘ng aniq bo‘ladi. Kuzatishga majburmiz.
Endi tarkibning sifati borasida ishlashimiz kerak. Albatta, Gabisiz qiyin bo‘ladi. Biz turli variantlarni ko‘rib chiqib, eng to‘g‘ri qarorni chiqarishga harakat qilamiz", — deydi Arteta.
Fikrlar