
Jezus: "Gvardiola aytgan chiziqda o‘ynayman"
"Manchester Siti" vingeri Gabriel Jezus jamoa ustozi Xosep Gvardiola xohlagan chiziqda o‘ynashi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
"Klubda raqobat kuchli. Yuqori saviyali futbolchilar to‘plangan jamoa asosiy tarkibidan joy olish juda qiyin bo‘lishi aniq.
Men murabbiy qarorlarini doim hurmat qilganman. U meni qayorda ko‘rishni xohlasa, usha erda to‘p surishga tayyorman.
Terma jamoa safida Amerika kubogida o‘ng qanot vingeri sifatida, turnirdan so‘ng hujumda to‘p surganman. Men ikkala chiziqda ham o‘ynay olaman," - deydi Jezus.
Fikrlar