
Jezus endi boshqa raqamda o‘ynaydi (video)
"Manchester Siti" klubi forvardi Gabriel Jezus mavsumlar oralig‘ida o‘zining raqamini almashtirdi.
Ta’kidlash kerakki, braziliyalik futbolchi avval egnida 33-raqamni olib yurardi, endi esa u buni 9-raqamga almashtirdi.
Ma’lumot uchun, Jezus “Manchester Siti” safida 2017 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 100ta o‘yinda maydonga tushdi va 45ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar