
Jezus: Biz Chempionlar ligasi tarixidagi eng zo‘r jamoani engdik va katta natijaga erishdik
“Manchester Siti”ning braziliyalik forvardi Gabriel Jezus kecha “Real” (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz Chempionlar ligasi tarixidagi eng zo‘r jamoani engib, katta natijaga erishdik. “Real” safida bizni mag‘lub eta oladigan darajada kuchli futbolchilar ko‘p. Shu bois biz maydonga bor kuchimizni ishga solish uchun chiqdik.
Men gol urganimdan mamnunman. Buyuk hujumchi bo‘lish uchun ko‘p harakat qilyapman. Ronaldoga o‘xshashni xohlayman. Uning darajasiga chiqishim uchun esa o‘z ustimda yana ko‘p ishlashim kerak”, - deydi Jezus.
Fikrlar