
Jezus "Arsenal"dagi ilk o‘yinida maydonni "yondirdi"
Kecha "Arsenal" o‘rtoqlik o‘yini doirasida Germaniyaning "Nyurnberg" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Unda London klubi 5:3 hisobida zafar quchdi.
Angliyaliklar safida gollarga Jezus (dubl), El-Neni, Shindler va Xandverker (ikkalasi ham avtogol) mualliflik qildi. Nemis klubidan gollarni Gays, Dua hamda Shlyamer kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Arsenal" safida ikki gol urgan Gabriel Jezus uchun bu yangi jamoasidagi ilk o‘yini edi. Shuningdek, u avtogol bo‘lgan ikki golda ham asosiy vazifani bajardi.
Fikrlar