
Jerrard "Reynjers" tarixiga kirdi!
Stiven Jerrard boshchiligidagi "Reynjers" Shotlandiya chempionatining 2-turida "Sent-Jonston" jamoasini 1:0 hisobida engdi.
E’tiborlisi, bu angliyalik mutaxassisning Glazgo klubida qo‘lga kiritgan 100-g‘alabasi bo‘ldi. Unga bu natijani qayd etish uchun 152 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Shu tariqa Jerrard “Glazgo”da 100 ta o‘yinda g‘alaba qozongan 3-murabbiy bo‘ldi. Bungacha Uolter Smit (141) va Alli MakKoyst (121) ushbu natijani qayd etgan.
Stiven “Reynjers”ni 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar