
Jerar Pike: "Real"ning so‘nggi "El-klasiko"dagi g‘alabasi adolatsiz natija bo‘lgandi
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Real"ga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi "el-klasiko" haqida fikr bildirdi:
"Adolatsiz natija! Ular "Kamp Nou"ni 3 ochko bilan tark etmasligi kerak edi. Dest o‘yinning borishini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan lahzada tabloda 0:0 hisobi turgandi. Ular esa birinchi xavfli vaziyatdayoq gol urdi. Biz ruhiy tomondan zaif harakat qilgandik.
"Real" har bir vaziyatidan foydalanmoqda. Bu ularning muvaffaqiyatlariga sabab bo‘lyapti. Maydon markazida ham bir-birini juda yaxshi tushunadigan 3 futbolchi harakat qiladi. So‘nggi yillarda ular yuqori saviyada o‘ynamoqda.
Raqibimizning hujum chizig‘ida bu mavsum ajoyib futbol namoyish etayotgan Benzema va Vinisius bor. Ular to‘psiz qolgan paytida ham yaxshi harakat qilyapti. Madridliklar Juniorning tezligiga tayanib, oldinga o‘tadi. U esa to‘pni shunchaki Karimga uzatmoqda.
Biz "Real"ning yuqori saviyaga egaligini bilamiz. Biroq ularni mag‘lub etishga qodirmiz",-dedi ispaniyalik himoyachi. 2022 yilning dastlabki "el-klasiko"si 12-dan 13 yanvarga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar