
"Jenoa"ning g‘alabasi "Napoli" murabbiyi Jennaro Gattuzoning kursisini ancha qimirlatib qo‘ydi
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Gazzetta Dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, neapolliklar rahbari Aurelio De Laurentis bosh murabbiyning iste’fosini ko‘rib chiqmoqda. Jamoa "Jenoa"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergach, Aurelio De Laurentis bu haqda jiddiyroq o‘ylay boshlagan.
Agar "Napoli" Italiya kubogi yarim finalida "Atalanta"ni mag‘lub eta olmasa, Gattuzo lavozimini tark etadi. Yarim finalning dastlabki o‘yinida neapolliklar o‘z uylarida 0:0 hisobidagi durang qayd etgandi. Javob bahsi 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar