“Jenoa” Shomurodovdan keyin Rossiyadan yana bir futbolchi tanladi

  • 29 mart, 2021, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilgi yozgi transfer vaqtida “Rostov”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni transfer qilgan “Jenoa” Rossiya chempionatidan yana futbolchi olishga qaror qildi

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, genuyaliklar TsSKA klubi qanot himoyachisi Nair Tiknizyanga xaridor bo‘lmoqda. Bu futbolchi Rossiya va Armaniston fuqaroligiga ega. Shunday bo‘lsa-da, 21 yoshli futbolchi Rossiya yoshlar terma jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etmoqda.

120415_m

“Jenoa” ushbu musobaqaga skautlarini yuborgan va ular Nairning o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Tiknizyan joriy mavsumda rossiya chempionatida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi. Uning transferi 1,5 million evroga baholanmoqda.

“Jenoa” o‘tgan yili Eldor Shomurodov uchun 7,5 million evro to‘lagan va 1,5 million evro miqdorida bonus berishni va’da qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!