JChda porlagan taekvondochilarimiz Rim Gran-prisiga yo‘l olishdi

  • 6 iyun, 2023, 15:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Jahon chempionatini muvaffaqiyatli yakunlagan taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Boku shahridan Rimga yo‘l oldi. Hamyurtlarimiz Italiya poytaxtida 9-11 iyun kunlari o‘tkaziladigan Gran-pri musobaqasida ishtirok etishadi.

Reglamentga ko‘ra, Gran-pri tasnifidagi musobaqalarda jahon reytingida kuchli 32 talikdan joy olgan sportchilargina ishtirok eta oladi. Shu bois, musobaqada yuqori reytingda turgan 7 nafar sportchimiz qatnashadi. Gran-pri musobaqasi G-6 tasnifidagi turnir bo‘lib, unda har bir vazn toifasida g‘olib bo‘lgan taekvondochilar Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun 60 reyting ochkosiga ega bo‘lishadi. Terma jamoamiz Rimda quyidagi tarkibda qatnashadi:

-68 kg: Ulug‘bek Rashitov va Niyaz Po‘latov
-80 kg: Shuhrat Salaev va Jasur Jaysunov
+80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Feruza Sodiqova
+67 kg: Svetlana Osipova

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!