JCh saralashi. Bugungi o‘yin natijasida O‘zbekiston 3-o‘ringa tushib ketishi mumkin

  • 3 iyun, 2021, 08:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlar davom ettirilmoqda.

Tecno

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan "D" guruhida 6-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Autsayder Falastin Singapurga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘yin oldidan Singapur 7 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi pog‘onadagi Falastin hisobida 4 ochko mavjud. Eslatib o‘tamiz, Falastin ustidan qozoniladigan g‘alaba Singapurni 2-o‘ringa olib chiqishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!