
"JCh-2026" saralashi. Eron terma jamoasi O‘zbekistonda mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026 saralashi" doirasida Eron bilan o‘ynaydi. Mazkur uchrashuvga jamoalar jiddiy va qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
8 oktyabr kuni Amir Galenoyi boshchiligidagi forslar O‘zbekistonga keldi va mashg‘ulot o‘tkazdi. BAAda o‘ynaydigan legionerlar Sardor Azmun, Said Ezzatullohi, Saman Goddos, Mehdi Gaedi va Shahriar Moganlu 6 oktyabr kuni Dubay orqali yurtimizga kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ikkala jamoa ham o‘yin oldidan bugun, 9 oktyabr kuni rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi.
Fikrlar