
JCh-2022 saralashi. Yaponiya Xitoyni mag‘lub etdi
Jahon Chempionati Osiyo mintaqasi "B" guruhidan o‘rin olgan Yaponiya - Xitoy uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar ishonchli 2:0 g‘isobida navbatdagi g‘alabasini rasmiylashtirib qo‘ydi.
O‘yindagi gollarga Yuya Osako (13-daqiqa) va Junya Ito (61-daqiqa) mualliflik qildi.
Shu tariqa, "kunchiqar yurt" vakillari 15 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Chin yurti esa 5 ochko to‘plagan holda jadvalning 5-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar