
JCh-2022 saralashi. Avtogol Portugaliyaning g‘alabasini ta’minladi, Frantsiya ochko yo‘qotdi, Xorvatiyadan mag‘lubiyat (barcha natijalar)
Kecha UEFAga a’zo davlatlar ishtirokida 2022 yilda Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining Evropa miqyosidagi so‘nggi saralash bosqichiga start berildi. Ushbu kun dasturida bir qator favorit jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi va ba’zi kutilmagan natijalar qayd etildi.
Portugaliya o‘z uyida Ozarbayjonni qabul qildi va mehmonlar himoyachisi Maksim Medvedevning avtogoli evaziga g‘alaba qozondi.
Belgiya Bryusselda Uelsni 3:1 hisobida taslim etdi. "Qizil iblislar" safida De Bryuyne, Torgan Azar va Lukaku tomonidan kiritilgan gollarga javoban Xarri Uilson bir marotaba raqib postini ishg‘ol qildi.
Frantsiya kutilmagan holda, o‘z uyida Ukrainani enga olmadi. 19-daqiqada Antuan Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Presnel Kimpembe o‘z darvozasini ishg‘ol etdi.
Sloveniya - Xorvatiya qarama-qarshiligida 15-daqiqada Sandi Lovrich tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi.
Quyidagi suratda kechagi barcha o‘yinlar natijasi bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi:
Fikrlar