
JCh-2022. Ronaldu Jahon chempionati favoritlari qatoriga Portugaliyani kiritmadi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCh favoritlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ular orasiga futbolchi Portugaliya terma jamoasini qo‘shmadi.
"Portugaliya katta salohiyatga ega jamoa, Ganaga qarshi o‘yin katta ahamiyatga ega. Agar biz kuchli bo‘lsak, turnir oxirigacha etib boramiz. Tabiiyki, chempion bo‘lgan jamoa turnirning eng yaxshisi bo‘ladi.
Turnir favoritlari? Braziliya, Argentina, Frantsiya, Ispaniya, Germaniya terma jamoalarida chempion bo‘lish uchun imkoniyat katta", - dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi mundialdagi birinchi o‘yinini 24 noyabr kuni Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar