
JCh-2022. "Olovli" kechgan bellashuvda Kamerun Serbiya bilan murosa ko‘chasini tanladi
Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Kamerun - Serbiya uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda jamoalar jangovor 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.
Nominal mezbonlar safida gollar Kasteleto, Abubakar va Chupo-Moting tomonidan kiritildi. Evropaliklarning 3 goliga Pavlovich, Milinkovich-Savich va Mitrovich mualliflik qildi.
Ayni vaqtda afrikaliklar 1 ochko to‘plab, 3-pog‘onadan joy olgan. Serbiya hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, terma so‘nggi o‘rindan joy olgan.
Fikrlar