
JCh-2022. Neymarning jarohati jiddiymi? Braziliya MTJ shifokori ma’lumot berdi
Jahon chempionati 1-turi doirasidagi Braziliya - Serbiya (2:0) uchrashuvida "pentakampeonlar" yulduzi Neymar jarohat oldi.
80-daqiqada zaxiraga olingan yulduzga nisbatan o‘tgan vaqt ichida 9 bor qoida buzilgandi. Ayniqsa, oxirgisi ancha jiddiy edi va Neymar shundan so‘ng o‘yinni davom ettira olmadi.
Braziliyaliklar shifokori futbolchining holati haqida ma’lumot berdi.
"Uning to‘pig‘i jarohatlangan. Hozir to‘liq tibbiy tekshiruv o‘tkazishga vaqtimiz yo‘q, lekin Neymarning oyog‘i shishib ketgani ko‘rinib turibdi. Biz yana bir kun kutib, voqealar rivojini kuzatishimiz lozim.
Xotirjam bo‘ling, hali u Jahon chempionatida o‘ynaydimi-yo‘qmi bir narsa deyishga erta",-dedi terma jamoa shifokori Rodrigo Lasmar.
Fikrlar