
JCh-2022. Mukofot jamg‘armasi qanday taqsimlanadi? G‘olibga qancha mukofot beriladi?
Qatar mezbonligida o‘tayotgan jahon chempionati ham o‘zining yakuniy pallasiga etib kelmoqda.
Ta’kidlash kerakki, ushbu mundialning umumiy mukofot jamg‘armasi 440 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu mukofot puli quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Chempion - 42 mln
Finalchi - 30 mln
3-o‘rin sohibi - 27 mln
4-o‘rin – 25 mln
5–8-o‘rin sohiblari – 17 mln (har biri)
9–16-o‘rin sohiblari – 13 mln (har biri)
17–32-o‘rin sohiblari – 9 mln (har biri)
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 final bahsida Argentina va Frantsiya terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi. Ushbu o‘yin 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
3-o‘rin uchun bahsda esa Xorvatiya va Marokash terma jamoalari to‘qnash keladi. Bu uchrashuv esa 17 dekabr kuniga rejalashtirilgan.
Fikrlar