
JCh-2022. Messi jamoadoshlarining ruhiy holati haqida gapirdi
Jahon chempionati 1-turi doirasidagi Saudiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Argentina sardori Lionel Messi o‘yindagi VAR faoliyati haqida gapirdi.
- VAR haqida nima deya olasiz?
"Bilmayman. Bu mavzuda juda ko‘p gapirish mumkin. Ammo qaror qabul qilib bo‘lindi. Shunday ekan barchasi joyida, hech qanday bahona ketmaydi".
- Kiyim almashtirish xonasidagi holat qanday? Ayniqsa, JChda ilk bor qatnashayotganlarniki...
"Ular tamom bo‘lgan. Biz juda og‘ir zarba qabul qilib oldik, bunday startni hech kim kutmagandi. Xotirjamlik bilan 3 ochko qo‘lga kiritishimizga ishonchimiz komil edi. Biroq jamoadagilar hamisha birdamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Birlik har qachongidan ham muhimroq.
Biz o‘z uslubimizga qaytishimiz va Meksikani mag‘lubiyatga uchratishimiz lozim",-dedi 35 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Argentina - Saudiya Arabistoni o‘yinida bosh hakam "albiseleste"ning 3 golini ofsayd tufayli bekor qildi.
Fikrlar