JCh-2022. Marokashning g‘alabasi tarixga kirdi

  • 7 dekabr, 2022, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati nimchorak finalida Marokash sensatsion tarzda turnir favoritlaridan biri Ispaniyani penaltilar seriyasida engib, chorak finalga chiqdi.

Tecno

Valid Regragi shogirdlarining bu g‘alabasi tarixiy bo‘ldi. Marokash terma jamoasi mundiallarda chorak finalga chiqqan Afrikaning Kamerun (1990), Senegel (2002) va Gana (2010) terma jamoalaridan so‘ng to‘rtinchi mamlakati bo‘ldi. Bundan tashqari 47 yoshli mutaxassis musobaqaning chorak finaliga chiqqan birinchi afrikalik murabbiy bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, chorak finalda Marokashning raqibi Portugaliya terma jamoasi bo‘ladi. Mazkur uchrashuv 11 sentyabr kuni tungi soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!