JCh-2022. Jiru rekordchiga aylangan o‘yinda Frantsiya Polshani mag‘lub etdi

  • 4 dekabr, 2022, 21:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Frantsiya - Polsha uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mundialning amaldagi chempioni 3:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Olive Jiru 44-daqiqada to‘p kiritib, terma jamoadagi gollari sonini 52 taga etkazib oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadamga aylanib oldi. Ikkinchi bo‘limda Kilian Mbappe dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 90+9-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Levandovski oradagi farqni bittaga qisqartirdi.

Shu tariqa, "uch ranglilar" chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ushbu bosqichda ular Angliya - Senegal o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!