JCh-2022 da g‘olib chiqishi mumkin bo‘lgan 10 ta terma jamoa nomi e’lon qilindi
Angliyaning The Guardian nashri Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 da g‘oliblik uchun eng asosiy 10 ta favorit terma jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Nashrning yozishicha, chempionlik uchun asosiy favorit Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Reytingda Argentinadan keyin Braziliya terma jamoasi joylashgan. Kuchli uchlikni Ispaniya terma jamoasi yakunlab bermoqda.
JCh-2022 favoritlari o‘ntaligidan, shuningdek, Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya, Daniya, Belgiya, Portugaliya va Angliya terma jamoasi joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati joriy yilning 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar