JCh-2022. Braziliya himoyachisi guruh bosqichi bellashuvlarini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi

  • 25 noyabr, 2022, 21:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Danilo JCh guruh bosqichi doirasidagi qolgan ikkita o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

"TNT Sports" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, u Serbiyaga qarshi bellashuvda chap oyoq to‘pig‘idan jarohat olgan. Futbolchi bugun tibbiy tekshiruvdan o‘tdi va unga to‘piq cho‘zilishi tashxisi qo‘yildi. 

"Pentakampeonlar" murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslikka qaror qildi. Shu sababdan 31 yoshli himoyachi guruh bosqichidan o‘rin olgan Shveytsariya hamda Kamerun jamoalariga qarshi bellashuvlarda maydonga tushmaydi. Agar braziliyaliklar pley-offga chiqsa, shundagina Danilo yana tarkibga qaytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tite shogirdlari dastlabki turda Serbiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi va Danilo ushbu qarama-qarshilikda to‘liq harakat qildi. Avvalroq, Neymar ham jarohat tufayli jamoasiga yordam bera olmasligi taxmin qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!