
JCh-2018 g‘olibi "Lion"ga o‘tmoqda
"Roma" klubi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi faoliyatini "Lion"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira v o‘z tvitter sahifasida e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra lionliklar 30 yoshli frantsuz futbolchisini “bo‘rilar”dan 20 mln evroga xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Ushbu transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Nzonzi “Roma” safiga 2018 yil 27 mln evro evaziga “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum rimliklar safida 39ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar