
Jasur Yaxshiboev "Legiya"ga o‘tganidan so‘ng nimalar dedi?
Polshaning "Legiya" klubi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan Jasur Yaxshiboev yangi klubga ko‘chib o‘tgach, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Belarusda hujumda to‘p tepdim. Menga aynan ushbu ampluada o‘ynash yoqadi. "Paxtakor"da o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynar edim, qolaversa, o‘yin amaliyoti kam edi. Shu bois, Toshkentda kam gol kiritganman.
YouTube orqali "Legiya"ning qanday klub ekanligini ko‘rdim. Bundan oldin jamoa EChLda o‘ynashi haqida bilar edim", - dedi Yaxshiboev.
Fikrlar