Jasur Jaloliddinovning "Neftchi"dan ketishi muammolarga sabab bo‘ldi

  • 29 oktabr, 2024, 12:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Neftchi" futbolchisi Jasur Jaloliddinov Ozarbayjonning "Sumgait" klubi futbolchisiga aylangani haqida xabar bergan edik. U yangi jamoasida 77-raqamda o‘ynaydi. 

Kutilganidek Jasurning klubdan ketishi anchagina muammolarga sabab bo‘ldi. Farg‘ona klubi "Olimpik"dan taxminan 30-50 ming dollar atrofidagi summaga xarid qilgan futbolchini transferidan bir so‘m xam ishlay olmadi. Uning 5 oylik maoshi to‘lananmagan - 75 ming dollar qarzidan voz kechdi va "Neftchi" uni  qo‘yib yubordi. 

Jaloliddinov "yo‘lbarslar" safida 10 ta o‘yin (2 tasi to‘liq) - umumiy 613 daqiqa. Sermaxsullik esa 2 gol va 1 assist. Shunchaki, klub mashg‘ulotlarida ishtirok etmay, jamoadan o‘z istagi bilan ketgan Jasurni "Neftchi" ushlab qolish uchun turli yo‘llarni qildi, jarima soldi, ammo bu choralar natija bermadi.

Endigina 22 yoshni qarshi olgan futbolchi uchun "Sumgait" 9-klub bo‘ladi. Solishtirish uchun, Odil Ahmedov 16 yillik kar’erasi davomida 6 jamoada to‘p surgan xolos.

 Yaqindagina "The Guardin" nashrida sayyoramizning eng talantli futbolchilari ro‘yxatida ko‘rinish bergan vunderkindni xozirgi xolati xafa qiladi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!